FOTOREPORTAJ

Davlatimiz rahbari topshirig‘i bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegeyli tumaniga biriktirilgan Andijon viloyati tadbirkorlari tomonidan 2022 yil oxirida Oqtuba ovul fuqarolar yig‘ini hududida “Aqtuba textil group” korxonasi barpo etilgan edi.

Ushbu loyihaning umumiy qiymati 30 milliard so‘mni tashkil etdi. Ayni paytda bu yerda 400 nafarga yaqin xotin-qiz ish bilan ta’minlandi. Ular safini 500 nafarga yetkazish rejalashtirilgan.

Korxona yiliga 2,4 million dona trikotaj mahsuloti ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Joriy yil boshida Rossiya bilan hamkorlik shartnomasi imzolangan bo‘lib, ayni paytda ushbu shartnoma asosida eksport uchun erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari tikilmoqda.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA