Olimlarning ta’kidlashicha, ayni paytda dunyo okeanlarida 171 ta plastik parchalari suzib yuribdi, deb xabar bermoqda VVS.

Ushbu plastik parchalari baliqlar va  dengiz jonivorlarining halok bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda, hatto inson organizmiga ham tushmoqda. Plastik parchalarining tirik jonivorlarga zarari kamayishi uchun bir necha yuz yillik vaqt  kerak bo‘ladi.

2005 yilda okean suvlariga tushgan plastik idish parchalari soni 16 trillion donaga yetgan edi, shundan buyon ularning soni 10 barobarga oshgan.

«171 trillion raqami dengiz suvlariga yangi tashlangan va avval tashlanib, qisman eroziyaga uchray boshlagan plastik mahsulotlardir», – deydi mazkur tadqiqotning yetakchi muallifi, okeanlarda plastik chiqindilari  bilan shug‘ullanishga ixtisoslashgan 5Gyres Institute  jamoatchilik tashkiloti mutaxassisi doktor Markus Eriksen.

Plastik – idish, qadoqlash va baliq ovi uchun ishlatiladigan buyumlar yasaladigan mahsulot bo‘lib, vaqt o‘tib quyosh nuri va bir qancha mexanik jarayonlar sababli mayda bo‘laklarga bo‘linib ketadi. Dengiz jonivorlari, jumladan, kitlar, toshbaqalar, baliqlar va ayrim dengiz qushlari plastikni yemak o‘rnida ko‘rib iste’mol qiladi va oshqozonini to‘ldirib olgandan keyin, ochlikdan nobud bo‘lishi mumkin.

Mikroplastik hatto ichimlik suviga ham tushadi, buning natijasida plastik zarralari inson o‘pkasida, tomirlarda topilgan.