Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha:

2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;

2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;

2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentyabrgacha;

2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yetib kelishini kutmasdan, oldindan harakat qilish tavsiya etiladi.

 

O‘zA