Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 7 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-12, kunduzi 25-27 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda qum bo‘ronlar  bo‘lishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, Navoiy viloyatida sekundiga 22-25 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda qum bo‘ronlari bo‘lishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, Jizzax viloyatida sekundiga 22-25 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda qum bo‘ronlari bo‘lishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, Kashkadaryo viloyatida 22-25 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda qum bo‘ronlari bo‘lishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 19-24 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li tumanlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 1-6, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar

6-10 mart kunlari O‘zbekiston bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi), 6 va 8-10 mart kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

6-10 mart kunlari ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda qum bo‘ronlari bo‘lishi mumkin. 7 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida shamolning tezligi sekundiga 22-25 metrgacha kuchayishi mumkin.

Kutilayotgan yomg‘irlar sababli, 6 va 8-10 mart kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel kelishi xavfi bor.

6-10 mart kunlari respublikamizning tog‘li tumanlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

 

O‘zA