“Metallurg W” - super kubok sohibasi

Poytaxtimizdagi “JAR” sport-sog‘lomlashtirish majmuining o‘quv mashqlari maydonida Bekobodning “Metallurg W” va Toshkentning “Bunyodkor W” ayollar futbol klubi jamoalari super kubok uchun bahs olib bordi.

5.jpg

Birinchi bo‘limda durangga imzo chekilgan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘lim yanada qizg‘in va shiddatli tus oldi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida bekobodliklar hisobda oldinga chiqib olishga erishdi va o‘yin so‘nggigacha darvozalar daxlsizligi saqlab qolindi: “Metallurg W” – “Bunyodkor W” 2:1.

8.jpg

Demak, “Metallurg -W” jamoasi super kubok sohibasi.

 

Muhammad Amin (surat), O‘zA