Finlyandiya parlamenti respublikaning NATOga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilish uchun ovoz berdi. Unda 184 deputat “ma’qul” dedi, yetti nafar deputat “qarshi” chiqdi. Qonun loyihasini yakuniy ratifikatsiya qilish uchun uni davlat rahbari Sauli Niinistyo tasdiqlashi kerak.
Bu haqda parlament matbuot xizmati xabar berdi.
2022 yilning 5 dekabr kuni Finlyandiya hukumati mamlakat parlamentiga NATOga a’zolik to‘g‘risidagi qonun loyihasini yuborgan edi.
O‘tgan yilning may oyida Finlyandiya va Shvetsiya Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish uchun ariza beradi.
Turkiya ikki Skandinaviya davlatining NATOga kirishini qo‘llab-quvvatlashi uchun talablar qo‘ygan. Unga ko‘ra, Anqara kurd tashkilotini terrorchi, deb e’lon qilishni hamda 2016 yilda Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinishda ayblangan shaxslarni ekstraditsiya qilishni so‘ragan. Bularning birortasi hali bajarilmagan.
O‘zA