2 mart kuni Hindistonning Nyu-Dehli shahrida “Katta yigirmatalik” mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Hindiston hukumati raisligida o‘tadigan mazkur mashvaratda 40 ga yaqin delegatsiya ishtirok etishi kutilmoqda. Chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Hindiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Vinay Moxan Kvatra shu haqda ma’lum qildi.

“Ertaga Hindiston raisligida G20 tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu bizning raisligimizda o‘tkazillayotgan ikkinchi vazirlar uchrashuvi bo‘lib, u Rashtrapati Bxavan madaniyat markazida tashkil etiladi. Tadbirga 40 ta delegatsiya kelishini kutmoqdamiz”, – dedi Kvatra.

Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar ushbu sammit davomida ikkita sessiyaga raislik qiladi.

“Birinchi sessiya oziq-ovqat va energiya bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlansa, ikkinchi sessiyada to‘rt yoki beshta muhim masala, jumladan, paydo bo‘layotgan yangi tahdidlar, terrorizm va giyohvand moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurash muammolari muhokama etiladi”, – deya qo‘shimcha qildi Kvatra.