Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis temiryo‘l halokatida insonlar qurbon bo‘lgani sababli mamlakatda uch kunlik motam e’lon qildi, deb xabar tarqatdi bosh vazir matbuot xizmati.

Poyezdlar Larisa shahridan uncha uzoq bo‘lmagan Tempi shaharchasida to‘qnashib ketgan. Favqulodda hodisa  chorshanba kuni yarim tunda Evangelizmos stansiyasida sodir bo‘lgan. Halokat sabablari hali ma’lum emas, deyiladi xabarda.

To‘qnashuv natijasida yong‘in boshlangan, uchta vagon relsdan chiqib ketgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 36 kishi halok bo‘lgan, 66 kishi kasalxonaga yotqizilgan, ularning 6 nafari qayta jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan.

Tempidagi halokat tufayli “2023 yil 1 martdan 3 martgacha  mamlakatda bayroqlar tushurib qo‘yiladi, omaviy bayram tadbirlari o‘tkazilmaydi”, – deyiladi matbuot xizmati tarqatgan xabarda.