Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an 14 may kuni mamlakatda prezident va parlament saylovlari bo‘lib o‘tishini tasdiqladi.

Turkiya yetakchisi ushbu bayonotini parlament majlisida so‘zga chiqqanda ma’lum qildi. Uning chiqishini Turkiyaning barcha telekanallari namoyish qilib bordi.

“14 mayda millatimiz nima talab qilinsa shuni bajaradi (gap saylovda ovoz berish haqida bormoqda)”, – dedi u muxolifatning uni va hukumatini tanqid qilishiga javoban.

Avvalroq Erdog‘an ovoz berish uchun 14 may juda munosib sana ekanini ta’kidlagan edi.