Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) missiyasi 1-14 mart kunlari Moldovada bo‘lib, hukumat bilan mamlakat iqtisodiyoti istiqbollari va xatarlarini muhokama qiladi, deb xabar tarqatdi XVJning Kishinyovdagi vakolatxonasi matbuot xizmati.
“2023 yil 1 martdan 14 martgacha Reben Atoyan rahbarligidagi XVJ missiyasi Kishinyovda Moldova hukumati bilan mamlakat iqtisodiyotining istiqbollari hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlar bo‘yicha muloqot olib boradi”, – deyiladi jamg‘arma vakolatxonasidan tarqatilgan xabarnomada.
XVJ ekspertlari Moldova rahbariyati bilan oxirgi makroiqtisodiy voqealarni muhokama qiladi, iqtisod uchun istiqbollarni hamda tahdidlarni baholaydi, shuningdek, dasturiy majburiyatlarning bajarilishini kuzatadi.
XVJ 2021 yil dekabrda Moldovada 40 oyga mo‘ljallangan yangi dasturni ishga tushirgan edi. Ushbu ko‘rsatilgan davrda mamlakat XVJdan 590 million dollar oladi.