Misrda sport kurashlari bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro musobaqaning erkin kurash yo‘nalishida terma jamoamiz a’zolari 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Erkin kurash bahslarida «Tokio-2020» Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov, yoshlar Olimpiadasi g‘olibi Umidjon Jalolov va Hasanboy Rahimov o‘z vazn toifalarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa erkin kurash bo‘yicha o‘tgan bahslarni O‘zbekiston terma jamoasi 3 bronza bilan yakunladi. Mazkur musobaqa polvonlarimiz uchun nufuzli turnirlar oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tadi.

Javohir Toshxo‘jayev,    

O‘zA