Yaqinlashib kelayotgan bahor faslining ilk oyida yurtimiz U-20 Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi.
Xabar berganimizdek, 18 martga qadar davom etadigan qit’a chempionati o‘yinlari dunyoning 100 ga yaqin mamlakatida namoyish etiladi.
Toshkent va Farg‘ona shaharlarida o‘tkaziladigan ushbu musobaqada 16 ta jamoa qit’a birinchiligi va Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Osiyo kubogida ishtirok etadigan futbolchilarning yakuniy ro‘yxatini e’lon qildi.
1 martdan yurtimiz yashil maydonlarida start oladigan U-20 Osiyo kubogi bahslarida ishtirok etadigan jamoalarning yurtimizga kelishi davom etmoqda.
Bugungacha bir qator jamoalar yetib keldi va belgilangan stadionlarda musobaqa oldi mashg‘ulotlarini olib bormoqda.
Jumladan, Osiyo futbol konfederatsiyasi vakillari, Suriya, Iordaniya kabi jamoalar Toshkentga yetib kelgan bo‘lsa, Qatar, Avstraliya va Vetnam yoshlar terma jamoalari Farg‘onada kutib olindi, deyiladi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabarida.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA