Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya “O‘zstandart” agentligi tomonidan tashkil etilmoqda. 

Agentlik axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra anjumanga Xalqaro moliya korporatsiyasi, BMT taraqqiyot dasturi, Germaniya fizika-texnika instituti, Turk standartlari instituti, Halqaro savdo markazi, BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkiloti, Germaniya halqaro xamkorlik jamiyati kabilarining xalqaro ekspertlari va boshqa mutaxassislar taklif etilgan.

Xalqaro konferensiyaning maqsadi mahalliy sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni barqaror va izchil rivojlantirish, eksportni kengaytirish uchun aniq chora-tadbirlar va yo‘l xaritalari ishlab chiqish, mahsulotlarning sifatini yaxshilashga qaratilgan vazifalarni hal qilish va o‘zbek tadbirkorlariga tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘lishlari uchun yordam berishdir.

Xalqaro konferensiyaning kun tartibi “O‘zstandart”ning rasmiy saytida havola qilingan.

 

Malohat Husanova, O‘zA