Ruminiyada boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi “Dracula Open” xalqaro turnirda mamlakatimiz charm qo‘lqop ustalari muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda 4 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Brashov shahri mezbonlik qilgan mazkur musobaqada O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 5 nafar bokschi bilan ishtirok etdi.
Musobaqada ishtirok etgan 5 nafar bokschimizning barchasi finalga qadar yetib bordi. Mirali Mavlonov, Shavkatjon Boltayev, Javohir Ummataliyev, Fazliddin Erkinboyev o‘z vazn toifalarida barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Sayat Ilyasov finalda imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan taqdirlandi.
Javohir TOSHXO‘JAEV,
O‘zA muxbiri