Yevropa O‘rtayer dengizi seysmologik markazining xabar berishicha (https://www.emsc-csem.org/Earthquake/earthquake.php?id=1227583), 23 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 06.37 da 6,8 magnitudali yer qimirlashi qayd etildi.

Epimarkazi Tojikistonning Murgab rayonidagi zilzila Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Pokiston, Xitoy va Afg‘onistonda sezilgan.

O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila epitsentri Toshkentdan 435 kilometr janubiy-sharqda bo‘lgan.

Qo‘shni mamlakatda olti marotaba zilzila yuz bergan bo‘lib, Toshkent vaqti bilan soat 05:37, 05:55, 06:06, 06:35, 07:07, 07:18 da 4 magnituda atrofida silkinishlar qayd etilgani xabar beriladi.

Toshkentda zilzilaning ilk sezilish kuchi 3-4 ballga teng bo‘lgan.

O‘zA