O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, shahar avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashish brutto-shartnoma tizimi asosida bosqichma-bosqich joriy etiladi. Ya’ni, avtobusda yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatuvchi tashuvchilar bilan hisob-kitoblar “bosib o‘tilgan yo‘l” va “sifat” mezonlari asosida vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.

Ташувчилар uchun yo‘lkira haqini kunlik yig‘ish reja-topshirishini belgilash amaliyoti bekor qilinadi.

Har bir avtobus yo‘nalishi bo‘yicha tashuvchilar elektron tender natijalari bo‘yicha aniqlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari qoshida tashuvchilar tomonidan yo‘nalish ko‘rsatkichlari bajarilishini monitoring qilish, bajarilgan ish hajmi va sifatini aniqlash hamda baholash, yo‘lkira haqi to‘lanishini va ko‘rsatilgan xizmatlar sifatini nazorat qilish uchun avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorat tizimi tashkil etiladi.

Yangi tizim 2023 yil 15 apreldan boshlab – Toshkent shahrida;

2024 yil 1 yanvardan boshlab – Andijon, Samarkand, Namangan, Qarshi va Urganch shaharlarida;

2024 yil 1 iyundan boshlab – Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida amalga oshiriladi.

Jamoat transportidan foydalanishda yo‘lovchilar uchun qulay tariflarni joriy etish hamda elektron to‘lovlarni ommalashtirish maqsadida

bir soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul tariflar qo‘llaniladi. Shuningdek, yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan foydalanishda, uning turidan qat’iy nazar, kunlik, bir, uch va olti oylik, yillik cheklangan va cheklanmagan tarif rejalari joriy etiladi. Yo‘lkira haqini to‘lashda elektron to‘lov tizimidan foydalanishni ratbatlantiruvchi tariflar belgilanadi.

Toshkent shahar hokimligi yangi tariflarni ishlab chiqib, xalq deputatlari shahar Kengashida va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazadi hamda 2023 yil 1 apreldan boshlab amaliyotga joriy etiladi.

Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 ta 18 metrli va 500 ta 12 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar hamda 300 ta 12 metrli elektrobuslar;

Nukus shahri va viloyat markazlari jamoat transporti uchun jami 1000 ta tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslarni xarid qilinadi.

O‘zA