BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Koreya Xalq Demokratik Respublikasi tomonidan navbatdagi raketa sinovi o‘tkazilishi bilan bog‘liq voqeaga keskin e’tiroz bildirdi va Pxenyanni ig‘vogar qadamlardan tiyilishga chaqirdi. Bu haqda tashkilot matbuot kotibi Stefan Dyujarrik axborot berdi.

Bosh kotib yana bir qit’alararo masofali ballistik raketa uchirilishini ham qoraladi. Shuningdek, Shimoliy Koreyani har qanday ig‘vogarna harakatdan zudlik bilan voz kechishga, Xavfsizlik Kengashi tegishli rezolyutsiyalari doirasidagi xalqaro majburiyatni to‘liq bajarishga chaqirdi.

O‘zA