AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi tashqi ishlar komissiyasi rahbari Van I Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida uchrashishdi. Bu haqda Davlat departamentiga tayanib, “Reuters” agentligi xabar berdi.

“Blinken va Van I uchrashuvi yopiq eshiklar ortida oʻtdi”, deyiladi xabarda.

Taʼkidlanganidek, Davlat kotibi uchrashuv chogʻida Vashington Pekin bilan “yangi sovuq urush”ga intilmayotganini taʼkidlagan. Shuningdek, XXRni Ukraina atrofidagi ziddiyatda Rossiyani moddiy-texnik jihatdan quvvatlashining oqibatidan yana bir bor ogohlantirgan. Amerika osmonida XXR tadqiqotchi sharlari uchirilishi “qayta takrorlanmasligi zarurligi”ni ham bildirgan.