Panamada migrantlarni olib ketayotgan avtobus jarlikka tushib ketgan. Natijada kamida 33 kishi qurbon bo‘lgani aytilmoqda. Mahalliy Siglo gazetasining yong‘inga qarshi kurash xizmatiga tayanib yozishicha, yana 23 yo‘lovchi turli darajada jarohat olgan.
Gazetaning yozishicha, avtohalokat mahalliy vaqt bilan soat taxminan 4:40 da ro‘y bergan. Chiriki provinsiyasida migrantlarni olib ketayotgan avtobus qoyadan pastga tushib ketgan. Halokat sodir bo‘lgan paytda avtobusda 60 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgani aytilmoqda.
Avvalroq Panama Prezidenti Laurentino Kortiso ijtimoiy tarmoq orqali yo‘l transport xodisasida 15 yo‘lovchi halok bo‘lgani haqida yozgan edi.