NATO bosh kotibi Yens Stoltenbregning fikricha, Turkiya Shvetsiya bilan Finlandiyaning alyansga birgalikda qabul qilinishini ratifikatsiya qilishi kerak.
“Finlandiya va Shvetsiya NATOning Madriddagi sammitida a’zolikka kirish bo‘yicha birgalikda ariza tashlagandi. NATO a’zolari ushbu ikki mamlakatni alyansga qabul qilinishini ma’qullagan, so‘ngra ularning a’zo bo‘lishi bo‘yicha ittifoqchilar tomonidan protokol imzolandi”, – dedi Stoltenberg ushbu masalada o‘z pozitsiyasiga izoh berar ekan.
Uning eslatishicha, protokolni 28 ta mamlakat allaqachon imzolagan. “Endi bu masalada Turkiya bir qarorga kelishi kerak, ya’ni bitta arizani ratifikatsiya qiladimi yoki men tavsiya qilganimdek ikkalasini ham. Bu qaror NATOniki emas, balki Turkiyaniki hisoblanadi.
Menning hisoblashimcha, ikkala mamlakat ham NATO a’zosi bo‘lishga tayyor”, – deya ta’kidladi bosh kotib.
U shuningdek, 16 fevralda Turkiyaga jo‘nab ketishini, u yerda Anqara bilan Shvetsiya va Finlandiyaning alyansga a’zo bo‘lishini ratifikatsiya qilish masalasini muhokama etishini ma’lum qilgan.