Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, poytaxtimizda doimiy aholi soni joriy yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 2 million 955 ming 700 kishini tashkil etmoqda.

Unga ko‘ra, aholi 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida 93,3 ming kishiga yoki 3,3 foizga ko‘paydi. Shundan, erkaklar soni 1 million 449 ming 300 kishi, yoshlar soni 1 million 506 ming 400 kishidan iborat.

Tumanlar kesimida doimiy aholi soni Olmazor tumanida 395 ming kishi, Yunusobod tumanida 366,9 ming kishi, Shayxontohur tumanida 360,5 ming kishi, Mirzo Ulug‘bek tumanida 323,1 ming kishi, Uchtepa tumanida 293,5 ming kishi, Yashnobod tumanida 289,4 ming kishi, Chilonzor tumanida 271,9 ming kishi, Yangihayot tumanida 161 ming kishi, Mirobod tumanida 149,5 ming kishi, Sergeli tumanida 162,3 ming kishi, Yakkasaroy tumanida 126,9 ming kishi, Bektemir tumanida 55,7 ming kishi istiqomat qiladi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, poytaxtimiz tumanlari ichida Olmazor tumanida eng ko‘p fuqaro doimiy yashaydi. Bektemir tumanida esa eng kam aholi istiqomat qiladi.

 O‘zA