Ushbu qarorga texnik muammolar sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Bu haqda Geo.tv telekanali XXR diplomatik vakolatxonasi m’lumotiga tayanib xabar bergan.

Xabarda keltirilishicha,  Xitoyning Pokiston Islom Respublikasidagi  elchixonalari konsullik bo‘limlari “yangi ko‘rsatma olguniga qadar” yopiq bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, Xitoy diplomatik vakolatxonasi konsullik bo‘limlarining muammolari nimadan iboratligi va qachon faoliyatini qayta boshlashini ma’lum qilmagan.

Telekanalning ma’lumotiga ko‘ra, bunga XXR rahbariyatining Pokiston hududida bo‘lib turgan fuqarolari xavfsizligidan xavotir olayotgani sabab bo‘lishi mukin.