AQSHdagi Demokratik partiyaning aksariyat a’zolari bo‘lajak prezidentlik saylovlarida mamlakatning amaldagi yetakchisi Jo Baydenni qayta nomzod etib ko‘rsatish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashmaydi. Bu haqda 14 fevral kuni “Ipsos” instituti buyurtmasi asosida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga tayanib, “Reuters” agentligi xabar berdi.

So‘rov 6-13 fevral kunlari Qo‘shma Shtatlar bo‘ylab 4408 nafar katta yoshdagi respondentlar ishtirokida o‘tkazildi.

Shu bilan birga, Demokratik partiya a’zolarining 52 foizi bo‘lajak saylovlarda Bayden nomzodi qo‘yilishini istamasligini aytishgan.

Agentlikning xulosasiga ko‘ra, amerikaliklar Baydenning 2020 yil noyabrda qozongan g‘alabasi qaytmasligiga ishonadilar.

 

O‘zA