«Dok-1 Maks» dori vositasi bilan bog‘liq holat, ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etganlar ishi, ikki davlat o‘rtasida aniqlangan yer osti yo‘llari, Prezident tomonidan taqdirlangan elchi -«HAFTA TAFSILOTI»da.
* 1 aprelga qadar poytaxtga yana 1000 ta avtobus olib kelinadi;
* Yurtimizdagi yangi qurilishlarga moratoriy e’lon qilinadi;
* Qoraqalpog‘istondagi ommaviy tartibsizlikning 21 nafar ishtirokchisiga nisbatan jinoyat ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudida ko‘rib chiqilmoqda;
* «Dok-1 Maks» ishi bo‘yicha oxirgi tafsilotlar;
* Qirg‘iziston O‘sh viloyati Qora-Suu tumani hududidan O‘zbekiston Davlat chegarasi orqali Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumaniga olib kiruvchi ikkita yer osti yo‘li aniqlandi;
* Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yanni «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.
* Namanganda telegram guruhi orqali fuqarolarni Suriyadagi «Tavhid va jihod katibasi» terroristik tashkilotiga qo‘shilishga da’vat qilgan fuqaro aniqlandi.
O‘zA