Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Tolga Tolunay jurnalistlarga ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda Kahramonmarashda epidemiya yo‘q, yuqumli kasalliklar tarqalmagan. Zilzila sodir bo‘lgan joylarda zarur choralar ko‘rilmoqda.

“Hududda epidemiya va turli yuqumli kasalliklar oldini olish bo‘yicha ish davom etyapti. Biz qo‘limizdan kelganini qilyapmiz”, deya ta’kidladi mulozim.

O‘zA