O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti prorektori A.Obidjonov boshchiligidagi delegatsiya Xalq Demokratik Respublikasining Oliy ta’lim vazirligi taklifiga binoan xorijiy safarda bo‘lib qaytdi.
Xizmat safari davomida Jazoirning oliy ta’lim tizimi, oliy ta’lim muassasalari faoliyati, talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishildi.
Bundan tashqari, olib borilgan muzokaralar natijasida QS reytingi bo‘yicha Ikkinchi Jazoir universiteti, Oliy pedagogika maktabi, “Al Wadiy” universiteti, “Qasdi Merbah Warqala” universiteti bilan anglashuv memorandumlari imzolashga erishildi.
O‘zaro hamkorlik natijasida xalqaro loyihalarda qatnashish va tajriba almashish yo‘lga qo‘yiladi, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi amalga oshiriladi va mushtarak ilmiy konferensiyalar tashkil qilinadi. Hamkorlikda nufuzli akademik nashrlarda ilmiy maqolalar chop etish, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalariga salohiyati kuchli xorijiy mutaxassislar rahbarligini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Jazoirning diqqatga sazovor joylari va madaniyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘zA