Niderlandiya hukumati ushbu mamlakatda qarindoshi bo‘lgan Turkiya yoki Suriya fuqarolariga kirish ruxsatnomasi olishni osonlashtirmoqchi. Germaniya va Belgiya ham viza olish tartibini yengillashtirdi.
Ko‘hna qit’aning qator davlatlari viza uchun arizani qayta ishlash jarayonini tezlashtirish maqsadida Istanbuldagi o‘z vakolatxonasiga qo‘shimcha xodimlar jo‘natdi. Uy-joyi vayron bo‘lgan fuqarolar arizasi birinchi navbatda ko‘rib chiqiladi, deyiladi Shveysariyaning migratsiya masalasi bo‘yicha davlat kotibiyati saytida.
G.Abdullayeva, O‘zA