1938 yil tashkil topgan Misrning “Elsewedy Electric” kompaniyasining 2021 yildagi moliyaviy aylanmasi 3,8 milliard dollarni tashkil qildi. Kokxona faoliyatining asosiy yo‘nalishi yangi ob’ektlar yaratish, sim va elektr jihozlari ishlab chiqarish, raqamli texnologiyani joriy etish orqali energetika va infratuzilmani rivojlantirishga sarmoya kiritish hisoblanadi. Jamoa hozirgacha amalga oshirgan umumiy quvvati 35 GVtlik loyihalarda 17 mingdan ziyod odam ishlaydi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning “Elsewedy Electric” rahbariyati bilan uchrashuvida mamlakatimiz energetika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirish va innovatsion ishlanmalar joriy etish istiqboli muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida kompaniya rahbariyati mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida investitsiyaviy muhit yaxshilanib, sarmoyadorlarning yurtimizga ishonchi ortib borayotgani, jalb etilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya ko‘lami kengayayotganini yuqori baholadi.

Yig‘ilishda “Elsewedy Electric” 19 davlatda amalga oshirilayotgan yirik energetika korxonalari qurish, yuqori voltli elektr uzatish liniyasi o‘tkazish, «yashil energiya” ob’ektlari yaratish va aqlli shaharlarni rivojlantirishga oid innovatsion loyihalarini taqdim etdi.

Tomonlar O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish doirasida birga ish olib borishga kelishib oldi.

O‘zA