“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning ma’lum qilishicha, joriy yilning 12 fevral kuni Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi va «Sogdiana trans» SHK o‘rtasida «Hayraton — Mozori-Sharif» temir yo‘lida ekspluatatsiya ishlarini davom ettirish to‘g‘risida yangi kelishuv imzolandi. Unga ko‘ra, «Sogdiana trans» yana ikki yil davomida o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Shuningdek, tomonlar birgalikda «Mozori Sharif» bekatiga yuklarni yetkazib berishni tezlashtirishni kelishib oldi.

Bundan tashqari, Afg‘oniston temir yo‘llari boshqarmasining mahalliy mutaxassislarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratilishi belgilandi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning xabariga ko‘ra, 10−11 fevral kunlari Afg‘onistonga 714 ta yuk vagoni yetkazilgan. bugungi kunga qadar yuklarni yetkazib berish davom etmoqda.

 

O‘zA