Turkiya va o‘zbekistonlik qidiruv-qutqaruv guruhlari 24 soatlik uzluksiz olib borilayotgan qutqaruv ishlarida birdek fidoiylik ko‘rsatmoqdalar. Turkiya qutqaruv xizmatlari va mahalliy aholi O‘zbekiston hukumati va xalqidan cheksiz minnatdor ekanliklarini aytib charchamayotir.

«O‘zbekiston xalqiga Turkiya Hatayidan minnadorchilik va salom yo‘llaymiz!  Yaratgan rozi bo‘lsin! Biz hamjihat do‘stmiz! Rahmat O‘zbekiston, Turkiya minnatdor! Turkiya minnatdor», deydi mahalliy qutqaruvchilardan biri, egnidagi formasida qo‘ndirilgan Turkiya bayrog‘iga ishora qilib.

 

O‘zA