Ijtimoiy tarmoqlarda 9 ballgacha yer silkinishi mumkin bo‘lgan eng xavfli hududlar deya Toshkentning bir nechta tumanlari ko‘rsatilgan xabarlar tarqatildi.

Xabarlarda mazkur surat Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan e’lon qilingani qayd etilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, FVV tomonidan bu ma’lumot e’lon qilinmagan.

Xabarda ishonchli ma’lumotlarni faqatgina vazirlik rasmiy manbalaridan olish tavsiya etilgan.

 

O‘zA