“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunda davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ijtimoiy himoya chorasi sifatida kafolatlangan.
Ayni kunlarda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimligi hamkorligida davlat xizmatchilari birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.
Ularga salomatligi to‘g‘risidagi xulosalar, kerakli holatlarda esa chuqurlashtirilgan ko‘rik uchun yo‘llanmalar berilmoqda. Muhimi, davlat xizmatida ishlayotgan va ko‘p hollarda o‘z salomatligi uchun vaqt topa olmayotgan xizmatchilar ushbu imkoniyatdan mamnun bo‘lishmoqda. Muhimi, endilikda ulardagi ba’zi kasalliklarning barvaqt oldi olinishiga ham erishiladi.
Xizmatchilar salomatligini ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlari joriy yilning 20 fevraliga qadar davom etadi.
O‘zA