YUNESKO Suriyaning Aleppo shahridagi zilziladan so‘ng yuzaga kelgan vaziyatdan xavotirda. Bu yerdagi qal’a jiddiy zarar ko‘rgan, deb ma’lum qildi RIA Novosti agentligiga tashkilot matbuot attashesi Tom Mallar.

Turkiyadagi tarixiy Gaziantep qal’asi va Suriyadagi Halab qal’asi, ikkalasi ham YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Turkiyada dushanba kuni ertalab 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani oqibatida ushbu madaniy meros ob’ektlariga ham jiddiy zarar yetgan.

“Tashkilot o‘z hamkorlari bilan merosga yetkazilgan zararni o‘rganib chiqmoqda. YUNESKO, ayniqsa, Suriyada xavf ostidagi Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan qadimiy Halab qal’asidan xavotirda. Bu inshoot katta zarar ko‘rgan – dedi Mallar. Uning qayd etishicha, shaharning eski qismidagi g‘arbiy minora qulab tushgan, konstruksiyalari shikastlangan va zaiflashgan bir necha binolar mavjud.

 

O‘zA