FOTOREPORTAJ

Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzuida turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan, faoliyati davomida yuksak cho‘qqilarni zabt etgan, hayotda o‘z o‘rinini topgan insonlarning yoshlar bilan uchrashuvlari tashkil etib kelinmoqda.

Maqsad kelajak vorislarida sog‘lom tafakkurni shakllantirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, o‘z ustida ishlashi uchun kuchli motivatsiya berishga qaratilgan.

Nukus shahridagi Yoshlar markazida tashkil etilgan navbatdagi ana shunday uchrashuvda yoshlar Xitoyda faoliyat yuritayotgan bloger, yoga bo‘yicha murabbiy hamda tadbirkor qoraqalpog‘istonlik Guljahon Qulmurodova bilan muloqot qildi.

Guljahon Qulmurodova Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini tamomlagan. So‘ng grant asosida Xitoyda magistrlik bosqichida tahsil olgan. Hozirda Xitoyda xalqaro savdo ishlarini olib bormoqda.

Uchrashuvda tadbirkor muvaffaqiyatga erishish sirlari, o‘zining hayot yo‘lida erishgan natijalari hamda ungacha bo‘lgan ba’zi qiyinchiliklar haqida so‘zlab berdi. Yoshlarni qiziqtirgan barcha savollariga javob qaytardi, ularni olg‘a intilishga chorladi.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA