O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 18,6 foizga o‘sib 50 milliard dollardan oshdi. Uning 9 milliard 280 million dollari Rossiya xissasiga to‘g‘ri keladi va u bu ko‘rsatkich bilan xamkor davlatlar orasida birinchi o‘ringa chiqib oldi.

O‘zbekiston – Rossiya munosabatlari faqat iqtisodiy yo‘nalishdagina emas, balki ijtimoiy soxalarda xam rivojlanmoqda. Masalan, birgina jurnalistika borasida so‘nggi uch to‘rt oy ichida rossiyalik xamkasblarimiz ikki bor Farg‘ona va Toshkent shaxarlarida o‘tgan xalqaro konferensiya, mediyaforumlarda ishtirok etdilar.

Fevral oyining dastlabki kunlari Moskva jurnalistika, ommaviy axborot vositalari muammolariga bag‘ishlangan xalqaro krnferensiyaga mezbonlik qildi. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti xozirgi zamon va an’anaviy jurnalistika, ijtimoiy tarmoqlar, demokratik me’zonlar kabi dolzarb masalalar muxokama qilinayotgan maydonga aylandi. Jurnalistikaning birlamchi talablaridan biri shubxasiz xolislik bo‘lgan va xozir xam shunday. Konferensiyada so‘zga chiqqan Rossiyaning yetakchi bosma nashrlaridan biri dunyoning 13 ta mamlakatida 1,7 million nusxada bosilayotgan “Komsomolskaya pravda” gazetasi bosh muxarriri Olesya Nosova, “Postskrintum” siyosiy taxliliy teleko‘rsatuv maxsus muxbiri Roman Perevezensevlar spikerligidagi ma’ruzalar shu mavzuda edi. Savollar, o‘jar savollar ko‘p bo‘ldi. Biz xam chetda qolmadik.

— Voqelik ro‘y beradi, uni ikki mamlakat ommaviy axborot vositalari ikki xil talqin qiladi. Ba’zida mutlaqo bir biriga qarama qarshi axborot beriladi. Aytingchi tomoshabin, tinglovchi kimga ishonishi kerak? Jurnalistikaning va jurnalistning xolislik deb ataluvchi majburiyatlariga kim rioya etmayabdi?

— Jurnalist xolisligi majburiydir, shu jixat uni blogerdan farqlab turadi. Menimcha tomoshabin, o‘quvchi, tinglovchi o‘zi uchun ishonchli ommaviy axborot vositasini tanlay bilishi kerak va u tarqatayotgan axborotni xolis deb qabul qilishi lozim, – dedi Roman Perevezensev.

Bu javobda xolislik jurnalistikaning majburiy me’yori sifatida emas, o‘quvchi, tinglovchi, tomoshabinning yondashuvi sifatida talqin qilindi va shuning uchun xam jiddiy munozaraga sabab bo‘ldi. Xatto tanaffus chog‘ida xam.

— Ukrainada maxsus amaliyot boshlangandan so‘ng Rossiya OAV larida nima o‘zgardi, – degan savolimizga matbuot amaldorlaridan biri – Rossiya kommunikatsiyalar agentliklari Assotsiatsiyasi prezidenti Sergey Peskaryov erinibgina shunday dedi: – Bu savolga men javob bera olmayman. Konferensiyada men ekspert sifatida qatnashyabman. Shuning uchun javobdan tiyilaman.

Akademik Yelena Vartanova “javobi qiyin bo‘lgan savol”, deb luqma tashladi. Xa, xalqaro jurnalistika maydonida xamma narsa bir tekis emasdi. Ammo O‘zbekistonning bugungi kun jurnalistikasi konferensiya ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘p savol – javoblar bo‘ldi. Yangi O‘zbekistondagi so‘z erkinligi, fikrlar xilma-xilligi, demokratik islxotlar xorijiy mamlakat jurnalist va olimlarigacha yetib borgan ekan.

— O‘zbekistonda juda xam jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi, – deydi Moskva davlat universiteti jurnalistika fakulteti dekan o‘rinbosari, professor Olga Smirnova. – mamlakat OAVlari demokratik tamoyillar asosida faoliyat yuritayotganini kuzatamiz. Jurnalistlar xayot xaqiqatini, xatto amaldagi xokimiyatga yoqmasada bemalol ayta oladilar. Bu jixat e’tirofga loyiqdir.

Konferensiya ishtirokchilari O‘zbekistonda jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar universiteti tashkil etilganini mamnuniyat bilan qo‘llab – quvvatladilar.

— Bu jurnalistik ta’limda o‘ziga xos xodisadir, uning qiyosini xech qayerda uchratmaganman. Bo‘lajak jurnalistlar uchun chuqurlashtirilgan akademik ta’lim beradigan universitet tashkil qilinibdi. Bu albatta O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatda jurnalistikani rivojlantirishga muxim e’tibor berayotganini ko‘rsatadi, – dedi Olga Smirnova.

Xa, amalga oshirilayotgan isloxotlar samaradorligi tufayli O‘zbekistonning dunyo xamjamiyatidagi obro‘si tobora oshib borayapti. Bu Moskvadagi jurnalistika muammolariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya minbarida xam e’tirof etildi.

 

Muallif va tasvirchi

Muxammadjon Obidov

Rossiya Federatsiyasi, Moskva, 3-4 fevral