FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi Uchtepa tuman IIB xodimlari podpolkovnik Laziz O‘rinov, podpolkovnik Vahobjon Abdiyev va podpolkovnik Nilufar Sobirova ichki ishlar organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, yoshlarni vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlari hamda kasbga sadoqati uchun O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlari birlashmasi tomonidan “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun” medali bilan taqdirlandi.

Mukofotni “Vatan” xayriya jamoat fondi bo‘lim boshlig‘i Botir Sodiqov topshirdi.

Curat: Muhammad AMIN, O‘zA