O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Tabiiy resurslar vazirligi, Toshkent Davlat agrar universiteti va BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) mamlakatimizdadagi vakolatxonasi vakillaridan iborat delegatsiya Boku shahrida bo‘lib o‘tgan mintaqaviy seminarda ishtirok etdi.

Tashrif davomida FAO – Turkiya hamkorlik dasturlari doirasida keyingi yillarda amalga oshirilgan loyihalar natijasi muhokama qilindi.

O‘zbekiston FAO – Turkiya hamkorlik dasturlari doirasida 8 ta mintaqaviy loyihani amalga oshirishda ishtirok etyapti. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Xalqaro moliya institutlarining grantlari va loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Ramin Gasanov o‘tkazilgan mintaqaviy seminardagi nutqida “Biz qishloq joylarida oziq-ovqat xavfsizligi va qashshoqlikni kamaytirishga hissa qo‘shadigan FAO – Turkiya hamkorlik dasturlari loyihalarini juda qadrlaymiz. O‘zbekiston dasturlarning barcha benefitsiarlari bilan mukammal ikki tomonlama siyosiy va iqtisodiy aloqa olib bormoqda. Biz ushbu hamkorlik dasturlarini tajriba almashish, salohiyatni oshirish va texnologiyalarni rivojlantirish uchun ajoyib platforma sifatida tan olamiz”, dedi.

Seminarda gender masalalari va qishloqlarni rivojlantirish, shuningdek, FAO – Turkiya hamkorlik dasturlari istiqboliga alohida e’tibor qaratilib, ilg‘or tajribalar loyihaning muvaffaqiyatini qanday ta’minlashi mumkinligi xususida so‘z yuritildi.

Ma’ruza qilgan FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Sherzod Umarov yurtimizda FAO – Turkiya hamkorlik dasturlari loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini alohida qayd eti. Shuningdek, Sh. Umarov ishlab chiqarish, ovqatlanish, atrof-muhit va hayot sifati sohasidagi innovatsiyalar va FAOning «Takomillashtirishning to‘rt yo‘nalishi» konsepsiyasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar bo‘yicha muhokamalarda ham ishtirok etdi.

«FAO – Turkiya Hamkorlik Dasturlarining barcha loyihalari 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan FAO – O‘zbekiston hamkorlik dasturiga va tegishli tarmoqlarda qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligiga erishishga qaratilgan mamlakatning milliy ustuvor yo‘nalishlariga mos keladi.

Shu munosabat bilan FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ushbu hamkorlik jarayoniga hissa qo‘shish, milliy hamkorlar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan birgalikda ushbu dasturlarni muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirishni ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.

So‘nggi muhokama FAO – Turkiya hamkorlik dasturlari doirasidagi aloqa va axborotlashtirish faoliyatiga bag‘ishlandi.

Yig‘ilishda O‘zbekistonda hamkorlik dasturlari yutuqlari to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida o‘tkazilgan tadbirlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan mintaqaviy seminar ishtirokchilari yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik rivojlanish maqsadlariga, xususan, qashshoqlik va ochlikni bartaraf etish maqsadlariga erishishning samarali vositasi sifatida faoliyat yuritishiga imkon berishida yakdil ekanini bildirdi.

Malumot uchun: Turkiyaning FAO bilan uzoq yillik tajribasiga asoslangan FAO – Turkiya hamkorlik dasturlari, ayniqsa, benefitsiar mamlakatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston va O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va tabiiy resurslarni boshqarishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda FAO – Turkiya hamkorlik dasturlari quyidagi ikkita modulni o‘z ichiga oladi: oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi, aynan FAO – Turkiya hamkorlik dasturi va O‘rmon xo‘jaligi sohasidagi FAO – Turkiya hamkorlik dasturi. Dasturlar baliqchilik, o‘rmon xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, oziq-ovqat mahsulotlarining yo‘qotilishi va buzilishi, shuningdek, qishloq ayollari manfaatlarini o‘z ichiga olgan 20 ta loyihani qamrab oladi.

 

O‘zA