Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev xabar tarqatdi.

Niderlandiyada poyoniga yetgan “Tata Steel Chess” xalqaro turniri yakunida tashkil etilgan marosimda Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov yilning eng yaxshi shaxmat mamlakatiga topshiriladigan “Oltin minora” (Tour Dʼor) sovrinini qabul qilib olishdi.

Ushbu sovrinini hamyurtlarimizga fransiyalik mashhur grossmeyster Bashar Kuatli topshirdi.

Shaxmatchilarimizning so‘nggi yillarda xalqaro arenalardagi shov-shuvli g‘alabalari ortidan O‘zbekiston yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati, deya e’tirof etilishi boshlanayotgan yil yangi g‘alabalarga boy bo‘lishidan dalolat berayotgandek, nazarimizda.

O‘zA.