O‘tgan haftaning so‘nggi kunlarida mamlakatimiz sportchilari bir qator sport turlari bo‘yicha nufuzli turnirlarda muvaffaqiyat qozondi.
Jumladan, yurtimiz stol tennischilari ham Qatar va Qozog‘istonda tashkil etilgan bashlarda omadli qatnashdi, deyiladi O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi xabarida.
Terma jamoamiz a’zosi Arujan Kamolova Dohada poyoniga yetgan turnirda bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Qozog‘istonda “Chimkent kubogi” ochiq turnirida stol tennischilarimiz 2 ta oltin va 2 ta kumush medallarni qo‘lga kiritdi.
Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Rossiya vakillari qatnashgan mazkur turnirning o‘smirlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida Toshkent viloyati sportchisi Temurbek Nurmonov bosh sovrinni va aralash juftlikda kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, hamyurtlarimizdan Diyorbek Kenjayev hamda Diyor Dilshodov juftlik bellashuvlarida barcha raqiblarini mag‘lub etib oltin medalga, Andijon stol tennisi maktabi tarbiyalanuvchilari Malohat Davronova va Safura Abdumannopova o‘smir qizlar bahsida kumush medalga sazovor bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA