Bugun poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuida futzal bo‘yicha ayollar terma jamoalari o‘rtasida Markaziy Osiyo kubogi start oldi.
“CAFA WOMEN’S FUTSAL CHAMPIONSHIP-2023” musobaqasida Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi, Eron hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari ishtirok etmoqda.
Musobaqaning 1-turidan o‘rin olgan Eron – Qirg‘iz Respublikasi uchrashuvida eronliklar raqiblarini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Keyingi uchrashuvda hamyurtlarimiz tojikistonlik tengqurlari bilan uchrashdi. Qizg‘in va murosasiz o‘tgan uchrashuv 7:1 hisobida futbolchilarimiz g‘alabasi bilan yakunlandi.
“CAFA WOMEN’S FUTSAL CHAMPIONSHIP-2023” musobaqasi 30 yanvarga qadar davom etadi.
Muhammad AMIN olgan (surat), O‘zA