O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari asosida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatiga respublikaning Ustyurt, Buxoro-Xiva, Farg‘ona, Hisor va Markaziy Qizilqum regionlarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish uchun neft va gazga istiqbolli bir qator konlar va maydonlar ajratilgan.

Mazkur qaror va farmoyishlar bilan “O‘zbekneftgaz” AJ oldiga 2020-2025 yillar mobaynida ushbu konlarda qidiruv bosqichini yakunlash hamda ajratilgan yangi maydonning neftgazlilik istiqbolini baholash orqali belgilangan uglevodorod hom-ashyo zahirasini o‘stirish topshirig‘i qo‘yilgan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ bo‘yicha uglevodorod xom-ashyo bazasini rivojlantirish va qayta hosil qilish bo‘yicha yillik ishlab chiqilgan Dasturlar asosida geologiya-qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Geologiya-qidiruv ishlari yakunlangan konlar natijalari asosida ularning yakuniy zaxiralarini baholash ishlari amalga oshiriladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Geologiya departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2020-2022 yillar mobaynida yakuniy zaxiralarni hisoblash bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar asosida uglevodorod va foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha quyidagi konlar Davlat zaxiralari komissiyasida tasdiqlandi.

• 2020 yilda “Chakkaqum-Shimoliy Suzma”, “Murodtepa-Atamurod” konlari.

• 2021 yilda “Do‘ltatepa”, “Marvarid”, “Janubiy Kulbeshkak”, “Uchtepa” konlari.

• 2022 yilda “To‘maris”, “Arslon”, “Sho‘rtak” konlari.

2023 yild ham ushbu Dastur ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Unga ko‘ra “Yormoq”, “Andakli”, “Shorqum”, “O‘rtaqum”, “Ijobat”, “O‘rtabuloq”, “Chaqar” va “Tarnasoy” kabi konlarning yakuniy zaxiralarni hisoblash belgilangan.