Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida SOVID-19ga qarshi vaksinalar bo‘yicha yangi platforma yaratdi.

Mamlakatimiz Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra,  mazkur veb-resursda mavzuga doir 135 ta savolga batafsil javoblar, video va audio materiallar mavjud.

Sayt tibbiyot mutaxassislari va keng aholi qatlamiga mo‘ljallangan va undan istalgan kishi bepul foydalana oladi. Hozircha ma’lumotlar bilan ingliz, rus, rumin, gruzin va ukrain tillarida tanishish mumkin.

Bunda tashqari, mavzuga doir barcha savol-javoblar PDF formatida jamlangan. Bu qulaylik ularni oson chop etish yoki oflayn rejimda o‘qish imkonini beradi.

O‘zA