O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi “Barsakelmes” davlat buyurtma qo‘riqxonasi hamda “Janubiy ustyurt” milliy tabiat bog‘i inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida 13 bosh jayronni noqonuniy ravishda ovlagan fuqarolar ushlandi.

Jumladan, fuqarolar I.M. va Ye.J. tirkamali “Ural” rusumli mototsikl bilan fuqaro I.M.ga tegishli ruxsatnomasiz, noqonuniy olib yurgan “IJ” rusumli o‘qotar quroli yordamida Qo‘ng‘irot tumani “Ustyurt” tekisligidan O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan jami 13 bosh  jayronni noqonuniy ravishda ovlab, tabiatga 195 million so‘mlik zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan fuqarolar I.M. va Ye.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 202-moddasi 3-qismi “ye, j” bandlari va 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA