Xabaringiz bo‘lsa, joriy yilning 26 yanvar kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan, davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga bordi.

Tashrifi doirasida o‘tkazilgan biznes-forumda ikki davlat o‘rtasida umumiy qiymati 1,6 mlrd. dollar bo‘lgan jami 50 dan ortiq hujjat, 300,3 mln. dollarlik investitsiya shartnomalari, 1155,6 mln dollarlik eksport shartnomalari hamda 223 mln. dollarlik import shartnomalari imzolandi.

Davlat tashrifining asosiy tadbirlari esa bugun, 27 yanvar kunidan boshlandi va Bishkekdagi «Ala-Archa» davlat qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov tor doirada uchrashuv o‘tkazdi. Ikki davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari davomida davlat rahbarlari huzurida 20 dan ortiq ikki tomonlama hujjatlar almashinildi.

Ikki davlat rahbari muzokaralaridan so‘ng ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistondagi davlat tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Batafsil videoda:

O‘zA