FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizda umumiy mukofot jamg‘armasi 18 ming AQSH dollari bo‘lgan “Central Asia Chess Cup 2023” xalqaro shaxmat turniri nihoyasiga yetdi.
Turnirda hamyurtlarimiz bilan birga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, va Turkmanistondan 57 nafar shaxmatchi bahs olib bordi.
9 imkoniyatdan 8 ochko jamg‘argan hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov turnir g‘olibi bo‘ldi. Keyingi o‘rinlar Ortiq Nig‘matov (O‘zbekiston) va Azamat Utegaliyev (Qozog‘iston)ga nasib etdi. Qizlar o‘rtasida esa 5,5 ochko bilan Nilufar Yoqubboyeva (O‘zbekiston) g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi.
Jamoaviy bahslarda O‘zbekiston jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Qozog‘iston va Tojikiston shaxmatchilari keyingi o‘rinlarga munosib ko‘rildi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA