Ertaga tashkiliy-huquqiy maqomi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar Tojikistonning barcha ta’lim muassasalarida qishki ta’til tamom bo‘ladi. Bu haqda «Xovar» agentligi Tojikiston Respublikasi ta’lim va fan vazirligi matbuot xizmati tarqatgan ma’lumotga tayanib yozmoqda.

Tojikistonda umumta’lim muassasalarida 2023 yil 1 yanvarda o‘n kunlik qishki ta’til boshlangan edi, biroq ob-havo juda sovuq bo‘lgani uchun ta’tillar 20 yanvargacha uzaytirilgan.