Havo haroratining keskin tushib ketishi munosabati bilan Mudofaa vazirligi tomonidan Toshkent shahri hududlarida isitish punktlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
Poytaxt va tuman hokimliklari bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur isitish punktlarida fuqarolarga issiq choy va yeguliklar taklif etilmoqda. Shuningdek, ular vaqtini mazmunli o‘tkazishlari uchun kitoblar, ko‘ngilochar vositalar, shaxmat-shashka o‘yinlari ham tashkil etilgan.
Isitish punktlari tashkil etilgan hududlar ro‘yxati:
Mirzo Ulug‘bek tumani – Alisherobod va Olimlar mahallasi (90-074-63-66, 91-773-02-42);
Mirobod tumani – Birodarlik va Parvona mahallasi (88-548-19-74, 97-293-80-30);
Yakkasaroy tumani – Bobur va Boshliq mahallasi (99-817-79-56, 99-837-79-56);
Olmazor tumani – Quyosh va Shodiyona mahallasi (97-759-91-77, 97-749-92-46);
Yangihayot tumani – Navqiron mahallasi (77-019-22-19);
Uchtepa tumani – Ko‘hna cho‘ponota va Vatan mahallasi (00-244-42-29, 88-244-42-29);
Chilonzor tumani – Sharaf mahallasi (97-484-92-73);
Yashnobod tumani – Jarboshi va Shironobol mahallasi (99-494-95-14, 97-034-00-52);
Yunusobod tumani – Otchopar I va Posira mahallasi (97-463-08-75);
Shayxontohur tumani – Yangibel mahallasi (97-345-09-82);
Sergeli tumani – Xonobod va Sadoqat mahallasi (99-052-66-83, 99-324-73-06).