O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Samarqand viloyati hokimi, viloyat harbiy-ma’muriy sektori rahbari Erkinjon Turdimovga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2023 yil 11 yanvardagi buyrug‘i bilan polkovnik harbiy unvoni berildi.

Harbiy unvonni Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Aybek Saidov tantanali ravishda topshirdi.

Viloyat hokimi  Prezidentimizning tegishli farmoniga asosan navbatdagi harbiy unvon olgan va “Amir Temur jangovar bayrog‘i” ni qo‘lga kiritgan okrug qo‘shinlari qo‘mondonini tabrikladi.


G‘. Hasanov, O‘zA