«Agar hozirgi olib borilayotgan siyosat kelgusida ham saqlanib qolsa ozon qatlami 1980 yilgi holatiga qayta oladi (ozon tuynugi endi paydo bo‘lgan yil), ya’ni taxminan 2066 yilda Antarktikada, 2045 yilda Arktikada va 2040 yilda dunyoning qolgan joylarida ozon tuynuklari qayta tiklanadi», — deyiladi BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (YUNEP) ekspertlari e’lon qilgan ma’lumotda.

Xabarda ta’kidlanishicha, global isishni sekinlashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan geomuhandislik sohasidagi loyihalar atmosferaga ko‘p miqdorda zarralar tarqalishi oqibatida ozon qatlamining jiddiy yemirilishiga sabab bo‘ladi.

Avvalroq kanadalik olimlar Yer atmosferasida aylanasi Antarktikadagi ozon tuynugidan  yetti barobar katta bo‘lgan ozon tuynugi aniqlangani haqida ma’lum qilgan edi.

 

O‘zA