Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda sanoatda qo‘shimcha zaxiralarni aniqlash va investitsiyalarni ko‘paytirish bo‘yicha 2023 yil uchun rejalar muhokama qilinmoqda.

So‘nggi yillarda:

– qo‘shimcha 19 ta erkin iqtisodiy zona va 400 dan ziyod kichik sanoat zonasi tashkil etilib, ularning infratuzilmasiga 10 trillion so‘m yo‘naltirildi;

– to‘qimachilik, kimyo, qurilish materiallari, charm, farmatsevtika, elektrotexnika kabi sohalarni “drayver”ga aylantirish uchun 3 milliard dollarlik moliyaviy resurslar ajratildi;

– sanoatni zarur xomashyo bilan ta’minlash maqsadida geologiya-qidiruv ishlari 3 barobarga ko‘paytirilib, 600 tadan ziyod yangi kon aniqlandi.

Natijada, oxirgi besh yilda sanoat korxonalari soni 2 barobar ko‘payib, 100 mingtaga yetdi, ishlab chiqarish hajmi 1,4 baravarga ko‘paydi.

O‘zA